Ko'p beriladigan savollar

Hamma odamga vitamin qo'shimchasi kerakmi?

Yo'q. Xilma-xil ovqatlanadigan sog'lom odamlarning ko'pchiligi yetarli miqdorda oladi. Qo'shimcha tanqislik, maxsus ovqatlanish (masalan, vegan), homiladorlik yoki shifokor tavsiyasi bo'lganda foydali.

Ko'proq ichsam yaxshiroqmi?

Yo'q. Ko'p vitaminlarning yuqori chegarasi bor, ortiqchasi foyda bermaydi, ba'zan zarar qiladi (A, D, B6, temir va boshqalar).

Qaysi vaqtda ichish yaxshi?

Yog'da eriydigan vitaminlarni (A, D, E, K) yog'li ovqat bilan, ko'p qo'shimchalarni ovqat bilan ichgan qulay. Temirni esa shifokor tavsiyasiga ko'ra, ko'pincha C vitamini bilan, kaltsiydan alohida ichiladi.

Tabiiy vitaminlar sun'iylaridan yaxshimi?

Oziq-ovqatdagi vitaminlar tolalar va boshqa foydali moddalar bilan birga keladi, shuning uchun ovqat asosiy manba bo'lishi kerak. Qo'shimchalardagi vitaminlar ham organizmga so'riladi; muhimi to'g'ri doza va sifat.

Bolalarga vitamin berish mumkinmi?

Bolalar uchun doza yoshga qarab alohida belgilanadi. Bolaga qo'shimchani pediatr bilan maslahatlashib bering va mahsulot yorlig'idagi dozadan oshirmang.

Dori qabul qilsam vitamin ichsam bo'ladimi?

Ba'zi vitaminlar dorilar bilan o'zaro ta'sir qiladi (masalan, K va E vitaminlari qon suyultiruvchilar bilan). Shifokor yoki dorixonachi bilan maslahatlashing.

Buyurtma qanday beriladi?

Telegram orqali (@uzvitaminlar) kerakli mahsulot nomini yozasiz, biz narx va muddatni hisoblab beramiz.

Yetkazib berish qancha vaqt oladi?

Muddat mahsulot, mamlakat va hajmga bog'liq. Buyurtma berishda taxminiy muddatni aytamiz.

Mahsulot asl ekanligiga qanday ishonch hosil qilaman?

Faqat rasmiy do'kon va ishlab chiqaruvchilardan xarid qilamiz, yaroqlilik muddati va qadoqni tekshiramiz. Xohlasangiz, mahsulot rasmini yuboramiz.